Isroil-Falastin ziddiyati: asosiy voqealar
🔻 Isroil mudofaa kuchlari bir kechada 750 ta harbiy ob’yektga, jumladan, HAMASning yuqori martabali amaldorlari qarorgohlariga zarba berganini ma’lum qildi.
🔻 Isroil BMTga 1,1 million falastinlik G‘azo sektori janubiga 24 soat ichida evakuatsiya qilinishi kerakligi haqida ma’lum qilgan.
🔻 BMT aholini G‘azo janubiga gumanitar oqibatlarsiz ko‘chirishni imkonsiz deb hisoblaydi va Isroilni aholi uchun bu talabni bekor qilishga chaqirdi. Tashkilot falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatuvchi agentligi o‘zining asosiy operatsiya markazi va xalqaro xodimlarini G‘azo sektori janubiga ko‘chirgan.
🔻 Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyaga tayyor, deya xabar beradi Isroil harbiylari. G‘azo sektori bilan chegaraga qo‘shin, tank va boshqa harbiy texnikalari ko‘chirilgan. Shu kecha-kunduzda G‘azoga havo hujumlari davom etmoqda.
🔻 Isroil mudofaa kuchlari mamlakat shimolida Livan bilan chegarani mustahkamlamoqda.
🔻 Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qo‘shma Shtatlarni Falastin-Isroil mojarosi “o‘tiga benzin quyishga” urinayotganlikda aybladi.
🔻 AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan suhbatda Binyamin Netanyaxuning Isroil bosh vaziri lavozimidan ketishi tarafdori ekanligini aytdi.
🔻 Parijda falastinliklarni qo‘llab-quvvatlagan miting tarqatildi. Yevropaning boshqa shaharlarida ham Falastin yoki Isroil tarafdorlari norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.
🔻 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mojaro avj olgandan beri G‘azo sektoridagi tibbiyot muassasalariga 34 ta hujum qayd etilgani haqida bayonot berdi: 11 nafar tibbiyot xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan.