Istanbulda yana bir o‘zbekistonlik fuqaro qotillik qurboni bo‘ldi
- 17.12.2020 10:40
- 707
- Jinoyat va jazo
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi o‘zaro janjal natijasida o‘zbekistonlik fuqaroning vafot etgani haqida ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil 12 dekabr kuni Istanbulning Chatalja tumanida yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi, 1986 yilda tug‘ilgan X.X. jarohat olib vafot etgan.
Ushbu jinoyatni sodir qilishda gumonlanib, O‘zbekiston fuqarosi D.X. (1993 yilda tug‘ilgan) qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.
Bosh konsulxonaning ta’kidlashicha, ushbu holat nazoratga olingan, marhumning qarindoshlariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda va huquqni muhofaza qilish idoralari bilan aloqa bog‘langan. Marhumning jasadini 16 dekabr kuni O‘zbekistonga yuborish rejalashtirilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 53 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 3 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand