Iste’dodlar tarbiyalanayotgan maskan
Maskanda o‘quvchilar fortepiano, o‘zbek xalq cholg‘u asboblari, an’anaviy cholg‘u va xonandalik, raqs, tasviriy hamda amaliy san’at, teatr yo‘nalishlari bo‘yicha musiqa va san’atning nozik sirlarini o‘rganishmoqda.
– Hukumat tomonidan yosh avlodning iste’dodini yuksaltirishga qaratilgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar tufayli o‘quvchilarimiz tuman, viloyat va respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlovlar, festivallarda sovrindorlar safidan joy egallashyapti, – deydi muassasa direktori Otamurod Mo‘minov. – Jumladan, 2016 yili o‘quvchilarimiz S.Yaxshiboyeva, M.Boyqobilov, R.Bobonorov "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyoti festivalining viloyat bosqichida an’anaviy hamda estrada xonandaligi yo‘nalishi bo‘yicha sovrindor bo‘ldi. M.Bozorov "Ona yurt ohanglari" xalqaro tanlovida maxsus sertifikatni qo‘lga kiritdi. Ayni paytda xalq cholg‘u asboblari, raqs, folklor jamoalarimiz "Navro‘z sadolari" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida munosib ishtirok etish uchun tayyorlanmoqda.
Baxtiyor MUSTANOV.
***
SURATDA: Rubob yo‘nalishi o‘qituvchisi Abduvali Xidirov va 1-sinf
o‘quvchisi Firdavs Toshboyev bilan dars o‘tish jarayoni aks ettirilgan.