Italiyada suzish havzalari va mashq zallari faoliyati qayta tiklandi

25 may sanasidan boshlab Italiyada cheklovlarning yangi yengillashtiruvi joriy etildi. Unga ko‘ra, suzish havzalari, mashq zallari va sport markazlari faoliyati qayta tiklandi.

Ayrim hududlardan tashqari, mamlakatning deyarli barcha hududida ularning faoliyati qayta yo‘lga quyildi. Sport majmualari faoliyati Lombardiyada 31 may va Bazilikateda 3 iyun sanasidan boshlab qayta yo‘lga quyiladi.

Gigiyena va ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga binoan fitnes markazlarga oldindan navbatga yozilib, keyin borsa bo‘ladi. Mashq o‘tkazish vaqtlari chegaralanadi. Shu bilan birga, boshqa ommaviy yig‘ilish maskanlari singari mashq zallari ichida tibbiy niqob taqib yurish majburiy etib belgilandi. Mashg‘ulot o‘tkazish uskunalari orasi ikki metr masofada o‘rnatilishi shart qilib belgilandi.