Jahon banki O‘zbekiston YaIM o‘sishi prognozini yaxshiladi

Jahon banki O‘zbekiston YaIM o‘sishi prognozini 4,8 foizdan 6,2 foizga oshirdi. O‘sishga investitsiya, savdo va pul o‘tkazmalarining tiklanishi yordam beradi.

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy yordamni kengaytirish, qishloq infratuzilmasini yaxshilash va emlash xarajatlarini kengaytirishga qaratilgan davlat investitsiyalari 2021 yilda davlat xarajatlarini ko‘paytirishda davom etadi. Ushbu xarajatlar soliq tushumlari va xususiylashtirish daromadlarining o‘sishi hisobiga qoplanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo taraqqiyot banki ham O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi prognozini 4 foizdan 5 foizgacha oshirgan edi.