Jahon banki O‘zbekistonning 2024 yildagi iqtisodiy o‘sishini baholadi — 6 foizlik o‘sish
- 23.01.2025 11:19
- 70
- Iqtisodiyot

Jahon banki «Global iqtisodiy istiqbollar» hisobotining navbatdagi nashrini e’lon qildi. Tashkilot baholariga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM o‘sishi 2024 yil oxirida 6 foizni tashkil etdi. Shuningdek, 2025 yil uchun prognoz 5,8 foizni, 2026 yil uchun 5,9 foizni tashkil etadi.
Jahon bankiga ko‘ra, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida 2024 yilda iqtisodiy o‘sish sur’ati 3,2 foizgacha pasaygan. Bu asosan Rossiya va Turkiyadagi iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi bilan izohlangan.
Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlariga pul o‘tkazmalari hajmi barqarorligicha qolmoqda, shu omil ham aholining shaxsiy iste’moli darajasini saqlab qolishga xizmat qilgan.
Teglar:
Jahon Banki
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Elektrchilarga yangi mashina va maxsus texnikalar berildi
- 39 daqiqa avval
- Samarqand
Endi Ishtixonda ham malina yetishtiriladi
- 54 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi
Navro‘z qachon paydo bo‘lgan, sumalak-chi?
- 2 soat avval
- Mutolaa