Jahon banki O‘zbekistonga 14 milliard dollar ajratish niyatida
Jahon banki inqirozga qarshi dasturni qo‘llash maqsadida O‘zbekistonga 14 milliard dollar (AQSh) ajratish niyatida, deb xabar berdi Podrobno.uz.
Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiy hududlari bo‘yicha guruh vitse-prezidenti Siri Myuller o‘rtasida bo‘lib o‘tgan videokonferensiya muloqoti vaqtida ma’lum bo‘ldi.
“Tomonlar aholini koronavirus tarqalishidan himoyalashga, tashkilotlarni va birinchi o‘rinda kichik va o‘rta biznes tadbirkorlik sub’yektlarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi va yakka tartibdagi tadbirkorlarni qo‘llashga qaratilgan o‘zaro chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Shuningdek, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy holatini, global pandemiya ta’siridan Jahon banki tomonidan yengillashtirish imkoniyatlari va qo‘llash mexanizmi muhokama qilindi”, deya xabar qilindi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida.
Myullerning ma’lum qilishicha, Jahon banki O‘zbekistonning inqirozga qarshi dasturini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jahon banki guruhi tomonidan tuzilgan “Strategik tayyorlik va javob dasturi” uchun 14 milliard dollar miqdorida mablag‘ to‘plash niyatida.
Shuningdek, bank rahbariyati, ayni vaqtda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish, ijtimoiy himoya va byudjetni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tezkorlik bilan 1.2 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ ajratilishi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Videokonferensiya yakunida Myuller O‘zbekistonga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish masalasi ustuvor tartibda ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.