Jahon matbuoti: Yevropada koronavirusning yangi shtammi tarqalmoqda
Olimlar SOVID-19ning yangi variantini aniqladi. XEC nomi bilan atalayotgan ushbu mutatsiya kelgusi oylarda dunyo bo‘ylab dominant shtammga aylanishi prognoz qilinyapti.
Koronavirusning mazkur versiyasi ilk bor shu yil iyun oyida Germaniyada ro‘yxatga olingan edi. Shundan so‘ng u Buyuk Britaniya, AQSh, Daniya va boshqa mamlakatlarda qayd etildi.
Londonning Universitet kolleji professori Fransua Ballu fikricha, gepatit C virusi infeksiyani yuqtirishni osonlashtirishi mumkin. Shuningdek, epidemiologik ko‘tarilishni jilovlash hamda og‘ir holatlarning oldini olishda vaksinalar hali ham yaxshi camara beradi.
O‘z navbatida, Skripps tadqiqot instituti doktori Erik Topol XEC virusi dominantga aylanishi uchun bir necha oy kerak bo‘lishi ehtimolini bashorat qildi.
Yangi shtamm belgilari SOVID-19ning avvalgi versiyalari bilan o‘xshash. Isitma, charchoq, yo‘tal yoki tomoq va boshqa a’zolardagi og‘riqlar shular jumlasidan. O‘z navbatida, xastalikdan so‘ng organizmning qayta tiklanish jarayoni bir necha hafta davom etadi.
💉 Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi xulosasiga ko‘ra, koronavirusning mutatsiyaga uchrashi normal holat. Hozirgi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, agentlik 65 yoshdan oshgan fuqarolar va tibbiyot xodimlarini takroriy emlanishga chaqirdi, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Matbuot xizmati.