Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasi tugash muddatini aytdi
- 24.02.2021 15:57
- 129
- COVID-19
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge koronavirus pandemiyasi 2022 yil boshida tugashini aytdi.
"Eng yomon ssenariy ortda. Biz virus haqida tarqala boshlagan 2020 yilga qaraganda ko‘proq bilamiz. Virus butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, ammo yuqorida aytilgan sanaga qadar cheklovlarga ehtiyoj qolmaydi. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, vaziyat qanday rivojlanib borishini hozircha aniq aytib bo‘lmaydi.
Koronavirusning yangi mutatsiyalariga kelsak, bu oddiy jarayon, chunki virus odamlarga moslashishga harakat qilmoqda”, dedi tashkilot vakili.
Agar kerak bo‘lsa, yangi mutatsiyalarga qarshi kurashishda vaksinalarni o‘zgartirish mumkin, ammo noldan yaratish shart bo‘lmaydi, deya xulosa qildi mutaxassis.
Teglar:
koronavirus