Janubiy Koreya O‘zbekistonga yana yordam jo‘natdi
1 iyun kuni Uzbekistan Airways charter reysi bilan Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun navbatdagi insonparvarlik yordami olib kelindi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qildi.
Gumanitar yordam 40 dona shprits nasosi, 15 ming qadoq antiseptik vositasi va 12 dona matras va avtomat mexanizmli tibbiyot karavotidan tashkil topgan.
9,5 tonnaga yaqin og‘irlikdagi qariyb 100 ming dollarlik yuk BOMI Engineering & Construction, Infinity kompaniyalari, Shinxan va Aju universitetlari hamda Xvasong shahri savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkillashtirildi.
6,5 tonnaga yaqin og‘irlikdagi qariyb 66 ming dollarlik insonparvarlik yukining qolgan qismi navbatdagi yuk charter reysi tashkil etilishi bilan olib kelinadi, deya qayd etdi agentlik.