O‘zbekiston Suriyaga 50 tonna insonparvarlik yordami yubordi
- 21.02.2023 14:33
- 26
- O‘zbekiston
Bugun, 21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan Suriya Arab Respublikasining zilziladan jabr ko‘rgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi.
Qariyb 50 tonnaga yaqin yuborilayotgan insonparvarlik yordami yuki ro‘yxatiga bolalar va kattalar uchun kiyimlar, maishiy texnika vositalari, chidamli oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, chaqaloqlar bo‘tqasi, odyol va yostiqlar, gigiyenik vositalar to‘plami singari hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan.
Insonparvarlik yuki yordami ko‘rinishidagi hayotiy zarur vosita va mahsulotlarni samolyot orqali O‘zbekistondan Suriyaga Favqulodda vaziyatlar, Transport vazirliklarining mas’ul xodimlari yetkazib berishadi.