Janubiy Koreya prezidenti birinchi marta Ukrainaga harbiy yordam yetkazishga ruxsat berdi
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol birinchi marta Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatini tan oldi, deb yozadi Reuters.
"Agar xalqaro hamjamiyat qabul qila olmaydigan vaziyat yuzaga kelsa, masalan, tinch aholiga har qanday keng ko‘lamli hujum, qirg‘in yoki urush qonunlarining jiddiy buzilishi, biz uchun faqat gumanitar yoki moliyaviy yordamnigina talab qilish qiyin bo‘ladi", degan u agentlikka intervyuda.
Agentlikning ta’kidlashicha, “Seul Ukrainaga qurol yetkazib berish istisnosidan keyin bir yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, birinchi marta qurol yetkazib berishga tayyorligini bildirmoqda”.
Pentagonning avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan maxfiy hujjatlariga asoslanib tarqalgan xabarlarda Janubiy Koreya tomonidan AQShga yetkazib berilgan artilleriya snaryadlarini Kiyevga qayta sotish ehtimoli borligi ma’lum bo‘lgan. Ammo AQSh tomoni mazkur hujjatlarning aksariyati soxta ekanini bildirgan.