Janubiy Koreya prezidenti Shimoliy Koreya istalgan vaqtda yadroviy sinov o‘tkazishi mumkinligini aytdi
- 22.07.2022 11:59
- 34
- Xorij
"Biz ishonamizki, mening inauguratsiyam paytidan boshlab, Pxenyan o‘zi qaror qilganda buni qilishga (yadroviy sinov o‘tkazishga) to‘liq tayyor va qodir", - Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yel aytganidan iqtibos keltiradi «Renxap» agentligi.
O‘z navbatida, Yaponiya Mudofaa vazirligi ham o‘zining “Oq kitob” yillik hisobotida KXDRning harakatlari Yaponiya xavfsizligiga “jiddiy tahdidlar” ekanini ta’kidlagan.
Qayd etilishicha, 2022 yil boshidan buyon Shimoliy Koreya raketalarni “o‘ta yuqori chastotada va yangi usulda” uchirgan.
Pxenyan “yangi provokatsiyalar”ga kirishishi, Shimoliy Koreya yadroviy sinov o‘tkazishi mumkin, deyiladi xabarda.
KXDR oxirgi marta bunday sinovni 2017 yilda o‘tkazgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa