Jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudiga rais tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashining 2019 yil 18 maydagi qaroriga asosan Sheryigitov Mamayusub Mamadiyarovich sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Sheryigitov Mamayusub Mamadiyarovich bundan oldin jinoyat ishlari bo‘yicha Chelak tuman sudining raisi, Samarqand shahar sudining sudyasi, Samarqand shahar Siyob tuman sudining sudyasi, Ishtixon tuman sudining raisi, Samarqand viloyat sudining sudyasi, Kattaqo‘rg‘on tuman sudining raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.