Jinoyat qilgan shaxslarning har uchinchisini yoshlar tashkil qilayotgani ta’kidlandi
Davlat rahbari ishtirokidagi yig‘ilishda yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 32 foizi o‘g‘rilik va firibgarlik hisoblanishi aytildi.
Ushbu toifadagi jinoyatlarning eng ko‘pi Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida qayd qilingan.
Yoshlar jinoyatining har yettinchisi guruh tarkibida sodir qilingan, 1 ming 100 nafar yoshlar takroran
jinoyatga qo‘l urgan.
“E’tibor bering, yoshlar jinoyatchiligining katta qismi nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinmoqda
Eng achinarlisi, voyaga yetmaganlar ichida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlari ham bor”, - dedi davlat rahbari.
Bu borada viloyatda ham, respublikada ham eng yomon ahvol Qo‘qon shahrida ekani ko‘rsatib o‘tildi.