Jizmonsoyga gaz balloni keldi

Kattaqo‘rg‘on tumanining ushbu mahallasi viloyatdagi chekka va tog‘li hududda joylashgan. Aholi xalq deputatlari viloyat Kengashiga deputatlikka saylagan Sherali Yo‘ldoshevga gaz ballonlari yetishmasligidan arz qilgandi. Deputat esa bu muammoni viloyat gaz ta’minoti idorasi rahbariga so‘rov tariqasida yuboribdi.
Pandemiya sharoitida gaz ballonlari ishlab chiqarishda uzilish bo‘lgan bo‘lsa-da, kecha Jizmonsoyga 60 ta gaz balloni keltirib tarqatildi.