Jizzaxdagi texnikum o‘quvchilari TATU Samarqand filiali faoliyati bilan tanishdi

 

Bugun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga Jizzax Axborot texnologiyalari texnikumi bir guruh talabalari o‘zlarini amaliy bilim va tajribalarini oshirish, hamda TATU Samarqand filiali bilan yaqindan tanashishish, kelajakda shu filial talabalari sifatida ta’lim olishni o‘z oldilariga maqsad qilgan o‘quvchilari tashrif buyurdi.

Mazkur texnikum O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 maydagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”dagi Qarori asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tasarrufida 2021 yilda tashkil etilgan. Texnikumda bugungi kunda to‘rtta yo‘nalishda, jumladan, “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Axborot xavfsizligi”, “Telekommunikatsiya tarmoqlari va texnologiyalari” yo‘nalishlari bo‘yicha 606 nafar o‘quvchiga 40 taga yaqin pedagoglar jamoasi ta’lim bermoqda.

O‘quvchilarni filialga tashrifi jarayonida muassasa faoliyati, undagi fakultetlar va yo‘nalishlar, professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar, o‘qituvchi va talabalar tomonidan ishlab chiqilayotgan tadqiqotlar va shu kabilar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

Filial huzuridagi “Inkubatsiya va akseleratsiya” markazi faoliyati bo‘yicha, markaz rahbari Zafar G‘ayratov iqtidorli talabalarning axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan “Startap” va “Biznes” loyihalari bilan tanishtirdi. Shuning Ulug‘bek Eshonqulov o‘zining “Elektron sxemalar chop etish” qurilmasi bilan va Elyor Shermatov “Shabnam S-1” sharbat sotish apparati loyihasi to‘g‘risida tushuntirdi.

“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi labaratoriyasida kafedra katta o‘qituvchisi Zulfiya Ro‘ziyeva va kafedra assistenti Jamshid O‘rinov mobil aloqa va simli aloqa turlari, “Elektronika va sxemalar” fanidan elektrotexnikada ishlatiladigan elementlar, tranzistorlar, diod va qarshiliklar, hamda kondensator va induktiv g‘altaklarning ishlashi jarayonlari to‘liq ma’lumotlarni tushuntirdi.

Shuningdek labaratoriyada, kafedra katta o‘qituvchisi Abduvali Xidirov telekommunikatsiya tarmoqlarida ishlatiladigan asosiy qurilmalar va uskunalar, ularning ishlash prinsiplari, vazifalari hamda shahar va viloyatlarada o‘rnatiladigan ATS qurilmalari, ularning turlari, tasniflari to‘g‘risida qiziqarili ma’lumotlarni taqdim etdi.

Abdug‘afur Hotamov
TATU Samarqand filiali matbuot kotibi.