Jomboy tumani hokimi “Yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha eng namunali tuman hokimi” deb topildi!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan e’lon qilingan “Yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha eng namunali tuman (shahar) hokimi” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Bu haqda “Jomboy tongi” xabar bermoqda.

Yil boshida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari va ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha respublika manzilli rejasi tasdiqlangan edi. Unga muvofiq yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, hunarmandchilikka keng jalb qilish hamda tadbirkorlik-biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash orqali ish bilan ta’minlash belgilangan.

 

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ushbu sohada alohida natijalarga erishgan, namuna va o‘rnak ko‘rsatayotgan tuman (shahar) hokimlari o‘rtasida “Yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha eng namunali tuman (shahar) hokimi” tanlovi o‘kazildi. Bundan ko‘zlangan maqsad viloyatlar kesimida bittadan hudud rahbarlarini rag‘batlantirishdir.

Quvonarlisi, Jomboy tumani viloyatimizdagi yoshlarga oid davlat siyosati eng jadal ketayogan hudud, Nazarov Umidjon Orifovich yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha eng namunali tuman hokimi, deb topildi.

Tanlov nizomiga ko‘ra, e’tirof etilgan hududlarda zamonaviy kitob do‘koni, sun’iy sport maydonchasi, yoshlar markazi kabi ijtimoiy ob’yektlardan biri Markaziy kengash hisobidan qurib berilishi ko‘zda tutilgan.