Psixolog o‘z o‘g‘lini maymun bilan birgatarbiyaladi: dahshatli tajriba nima bilan tugadi?
Ma’lum bir yutuqqa erishish uchun axloq qoidalariga ham zid borgan olimlar ham uchrab turadi. Mashhur psixolog Uintrop Kellog o‘zini mashhur qilgan dissertasiya mavzusinitanlaganida fan taraqqiyoti uchun nimani qurbon qilishga tayyor edi?
Dastlabki tadqiqotlar
Uintrop psixologiya fakultetini tamomlagandan so‘ng antropogenez muammolari bilan shug‘ullana boshlaydi. Uzoq vaqt davomida u bolalar va hayvonlarning rivojlanish xususiyatlarini o‘rganadi: itlar miyasining turli qismlari olib tashlanganida ularning xatti-harakatlari qanday bo‘lishini o‘rganib tajribalar o‘tkazadi. O‘ttiz yoshida doktorlik darajasini olgan olim tadqiqot uchun yangi mavzularni izlay boshlaydi.
Asosiy tadqiqot
1931 yilda Uintrop dahshatli tajriba o‘tkazishga qaror qiladi. U o‘sha paytlarda hammaning og‘zida bo‘lgan mavzu - Maugli (ekstremal ijtimoiy izolyasiya sharoitda o‘sgan, erta yoshdan boshlab odamlar bilan aloqa qilmagan odam bolasi)bolalari hodisasini o‘rganishga qiziqardi.Ko‘pgina olimlar bunday bolalarda dastlab hayvonlarda uchraydigan kasalliklar borligiga ishonishardi. Bu fikrga qat’iy qarshi chiqqan olim dastlab endigina tug‘ilgan o‘g‘lini maymunlar oilasiga joylashtirishni rejalashtirib, sog‘lom bola hayvonlar ichida ham insoniy qiyofasini yo‘qotmasligini isbotlab bermoqchi bo‘ladi. Biroq, hech kim unga bunday qilishga ruxsat bermaydi. Shunda Uintrop Maugli tajribasining teskari yo‘nalishidagi yangi g‘oyani o‘ylab topadi.
U zarur shart-sharoit yaratilsa, maymunni odamlashtirish mumkinligini isbotlash majburiyatini oladi. Ushbu tadqiqot mavzusiga qiziqib qolgan Yel universiteti olimlari Kellogglar juftligiga o‘z universitetidan shimpanze bolasini asrab olishni taklif qiladi.
Aka va singil?
Tajriba paytida Uinstonning o‘g‘li o‘n oylik,Kelloglar uyiga olib kelingan shimpanze Gua esa yetti oylik edi.
Ular bir xil kiyintirildi, teng ovqatlantirildi, o‘rgatildi va tarbiya qilindi. Bolalar o‘xshashyotoqda uxlardi, bir xil stullarda ovqatlantirilib, bir xil o‘yinchoqlar o‘ynashardi.
Kichkina Donald darhol Guani yoqtirib qoladi.Ularning o‘yinlari va og‘zaki bo‘lmagan muloqotlarini ko‘rgan odamlar ular haqiqatan ham aka-uka yoki opa-singil degan taassurot qoldirardi. Faqat Gua odam emas edi va afsuski u hech qachon odam bo‘la olmas edi.
Eksperiment tafsilotlari
Mashhur olimlar oilasi kuniga o‘n ikki soatdansinovlar o‘tkazar, har bir qadam yozib olinar va bajarish uchun bolalarga tobora murakkabroq vazifalar berilardi. Ular uchun faqat keyinchalik solishtirish mumkin bo‘lgan natijalar muhim edi.
Dastlab Uintrop erta rivojlanishda Gua ko‘p jihatdan o‘g‘liga qaraganda oldinda ekanligiga ishonadi. U tezda qoshiq bilan ovqatlana boshlaydi, oddiy buyruqlarni bajaradi va hatto bolalar tuvakini o‘zlashtiradi. Lekin tilga kirmaydi. Donald bir yoshga to‘lganida gapira boshlab, rivojlanishda Guadan sezilarli darajada oldinga chiqib oladi. Shunday bo‘lsa-da, Uintrop maymunni odamlashtirishga erisha olishini isbotlashni orzu qilardi. Tajriba boshqa, juda jiddiy sababga ko‘ra erta to‘xtatiladi.
Tajribada bevosita ishtirok etgan Uintropning rafiqasi Luella o‘g‘li “singlisi”ning xatti-harakatlarini o‘zlashtira boshlaganida tashvishga tushadi.
Donald to‘rt oyoqlab yura boshlaydi, gapirishni to‘xtatadi va tajovuzkor bo‘la boshlaydi. Shunda er-xotin, maymunning odamga aylanishidan ko‘ra, odamning maymunga aylanishi ehtimoli ko‘proq,degan xulosaga keladi. Garchi dastlab uni besh yil davomida amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, o‘g‘lining yanada tanazzulga uchrashining oldini olish uchun ular tajribani to‘xtatishga qaror qilishadi.
Fandagi yutuqning ayanchli oqibatlari
Uintrop o‘z tadqiqotlari haqida ilm-fan olamida shov-shuvga sabab bo‘lgan to‘liq batafsil kitob nashr etadi. Guani universitetga qaytaradi.
Oilada tarbiyalangan, keyin esa keraksiz deb universitetga qaytarilgan Gua bir yildan keyin nobud bo‘ladi.
Shundan so‘ng olim delfinlarning xatti-harakatlarini o‘rganishga e’tibor qaratishga qaror qiladi va umrining oxirigacha faqat shu mavzutadqiqotlari ustida ish olib boradi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.