Jomboylik yoshlar sanoat korxonalarida ishlashni xohlaydi
- 01.02.2021 17:33
- 37
- Samarqand
Jomboy tumani hokimligi, prokuraturasi va xalq ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlar tumandagi “Afrosiyob jins” korxonasida bo‘lib, bu yerdagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish hamda “Kasbim - kelajagim” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda 2-sektor hududidagi 15 ta, 4-sektorda joylashgan 13 ta maktabning bitiruvchi o‘quvchilari qatnashdi.
- 9-11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish birinchi galdagi vazifamizdir, - deydi tuman xalq ta’limi bo‘limining psixolog-metodisti Gulmira Rahimova. – Maktab psixologlari tomonidan o‘quvchilarning qaysi kasbga qiziqishi aniqlanadi. So‘ng o‘sha soha bilan yaqindan tanishtirish uchun korxonalarga safar uyushtiramiz. Kasbga yo‘naltirish ishlarini amaliyot bilan bog‘liq holda olib borish kutilgan natijani beryapti.
Jomboy tumani hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa