«Jo‘shda endi jo‘shib yashaymiz»
Bu mubolag‘a emas, jo‘shliklarning yuragidan chiqqan gap. Negaki, bugun
Jo‘sh ota mahalla fuqarolar yig‘ini yangi binosi, tuman 14-sonli ichki ishlar bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasining Jo‘sh filiali, 11 va 20-maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binolari foydalanishga topshirildi. Ularni va ularda yaratilgan sharoitlarni ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi.
- Ko‘rimsiz bo‘lgan, ancha yillar e’tiborsiz qolgan shifo maskanimiz uchun yangi ikki qavatli bino qurildi, - deydi tuman tibbiyot birlashmasining Jo‘sh filiali katta hamshirasi Klara Bobonazarova. - 25 o‘rinli shifoxonada 4 ta bo‘lim ishlab turibdi. Ikki mahallaning 7000 nafarga yaqin aholisi xizmat qilamiz.
Shuningdek, viloyat hokimi E.Turdimov va keng jamoatchilik vakillari bu yerdagi XI asrga tegishli Jo‘sh ota masjid majmuasi hamda zamonaviy bozorning ochilishida ham ishtirok etib, aholi, xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
To‘lqin Siddiqov,
Baxtiyor Mustanov (foto).