JSST: O‘zbekistonda osh tuzi iste’moli me’yordan 3 baravar ko‘p, aholining yarmi ortiqcha vaznga ega

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan O‘zbekiston SSV hamkorligida respublikaning 18-64 yoshdagi aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra:
➖ har kuni aholining uchdan ikki qismi (67 foiz) yetarli miqdorda (400 grammdan kam) sabzavot va mevalar iste’mol qiladi;
➖aholining yarmi og‘ir vaznli, 20 foizi semiz;
➖46 foizining qonida xolesterin miqdori oshgan;
➖aholining o‘rtacha tuz iste’moli kuniga 14,9 grammni tashkil etadi.
Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan miqdordan 3 baravar ko‘p (kuniga 5 grammdan oshmasligi lozim) deganidir.

Shuningdek SSV xabariga ko‘ra:

➖jismoniy faollik hamda ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik;
➖tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish;
➖shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik, yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolishiga, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.