Juda kam uchraydigan hodisa — Yer sayyorasi ustidan 1300 yilda bir marta ko‘rinadigan kometa uchib o‘tdi
Bugun tong sahar osmonda C/2025 A6 (Lemmon) kometasi paydo bo‘ldi — uni oxirgi marta milodiy VII asrda kuzatishgan.
Osmoniy jism 2025 yil yanvar oyida AQShdagi Maunt-Lemmon observatoriyasida kashf etilgan. Kometaning aylanish davri taxminan 1350 yilni tashkil etadi va Yerdan ko‘rish mumkin bo‘lgan eng yorqin kometa hisoblanadi.
Astronomlar ta’kidlashicha, uni ko‘z bilan ko‘rish imkoniyati noyob hodisa. Keyingi shunday uchib o‘tish faqat juda olis kelajakda sodir bo‘ladi.
Shu orada Moskvada tong oldida ulkan yorqin yashil shar ko‘ringan — u shahar osmonidan uchib o‘tib, g‘oyib bo‘lgan. Bu meteorit yoki yo‘ldosh parchasi deb taxmin qilinmoqda. Ushbu sirli yashil jism aynan C/2025 A6 kometasining o‘zi bo‘lib, Yerga yaqin o‘tish paytida ayniqsa yorqin ko‘ringan bo‘lishi mumkin.
Taxminlar turlicha, bir narsa aniq — osmon bu safar haqiqatan ham hayratlanarli manzara namoyon etdi.