Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetidan nega ijodiy imtihonlar olib tashlandi?
AOKA zalida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ushbu savolga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov quyidagicha javob berdi:
- Pandemiya sharoitida 13 ta ta’lim yo‘nalishida test + ijodiy edi. Ushbu imtihonlarga bir marta kelish ta’minlanishi uchun oliy ta’lim muassalari rahbarlari bilan maslahatlashib, davlat komissiyasiga taklif kiritildi. Natijada abituriyentlarning imtihonga bir marta kelishlarini ta’minlash maqsadida ijodiy imtihonlar olib tashlandi va o‘rniga oldingi uchinchi blok fanidan test imtihonlari qo‘shildi.