Do‘stlik tanloviga marhamat!

Samarqand viloyat “Ovozi Samarqand” gazetasi tahririyati O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi hamda respublika tojik va tojikzabon milliy-madaniy markazi Samarqand viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda mamlakatimizda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini yuksaltirish, millatlararo hamjihatlik, totuvlikni mustahkamlash borasida qilinayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish maqsadida Odamlar do‘stlikdan topadilar baxt mavzusida tanlov e’lon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi asrlar davomida yonma-yon yashab kelayotgan o‘zbek-tojik xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va inoqlik, madaniy yaqinlikni mustahkamlash, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid  eng yaxshi maqolalar mualliflarini aniqlash hamda rag‘batlantirishdan iborat. Tanlov jurnalistlarning millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik mavzusini yoritishdagi faolligini yanada oshirishga qaratilgan. 

Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

-  Eng yaxshi tahliliy material (televideniye, radio);
-  Eng yaxshi tahliliy material (bosma OAV);
-  Eng yaxshi tahliliy material (elektron OAV).

Tanlovda Samarqand viloyati hududida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar ishtirok etishlari mumkin. Taqdim etiladigan materiallar 2018 yil 1 iyunidan 2019 yilning 1 iyuniga qadar bosma va elektron OAV yoki mahalliy televideniye yoxud radiokanallarda efirga uzatilgan bo‘lishi zarur.

Ijodiy ishlar 2019 yilning 21 iyuniga qadar qabul qilinadi. 

Tanlov natijalarini e’lon qilish va g‘oliblarni taqdirlash marosimi 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida bo‘lib o‘tadi.

G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun mualliflar quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari lozim:

-  muallif haqida ma’lumotnoma;
-  OAV nomi;
-  shaxsiy va ish telefonlari;
-  elektron manzil;
-  maqola chop etilgan saytga havola yoki maqolaning skaner nusxasi, audio va video materiallar;
-  material chop etilgan (yoki efirga uzatilgan) vaqt. 

Barcha ishlar quyidagi elektron manzilga yuborilishi shart:

Samarqand shahri, U.Tursunov ko‘chasi, 80-uy, viloyat Matbuot uyi. ovozisamarqand@mail.ru

Murojaat uchun telefon: 0366 233-91-71.