Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtiriladi?
Hukumatning 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:
Ko‘chmas mulk ob’yekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob’yektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
Ko‘chmas mulk ob’yektining bir qismi begonalashtirilganda ob’yektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk ob’yekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).
Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki my.gov.uz orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.