Kadastr va soliq idorasidagi nomutanosiblik tufayli 7,7 milliard so‘m soliq hisoblanmagan
Moliya bosh boshqarmasi tomonidan kadastr, elektr tarmoqlari korxonalari, gaz idoralari va FHDYo bo‘limlaridan tegishli ma’lumotlar olinib, tadbirkorlik sub’yektlarini soliq idoralariga taqdim etgan ma’lumotlari bilan solishtirilganda, 21,4 milliard so‘m qo‘shimcha daromad manbalari mavjudligi aniqlandi.
Misol uchun, Past Darg‘om tumanida 6,8 milliard so‘m, Kattaqo‘rg‘on tumanida 3,6 milliard so‘m, Payariq tumanida 3,2 milliard so‘m, Jomboy tumanida 1,8 milliard so‘m, Narpay tumanida 2,7 milliard so‘m va Kattaqo‘rg‘on shahrida 2,3 milliard so‘m hamda hududlarda faoliyat olib borayotgan 132 ta qurilish korxonalarida noqonuniy ishlab kelayotgan 980 nafar ishchi-xizmatchilardan 1 milliard so‘m daromad solig‘i qo‘shimcha daromad manbasi aniqlandi.
Bosh boshqarma hududiy moliya organlari bilan birgalikda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan turar-joy ob’yektlari qayta baholanganligi va soliq idoralari tomonidan soliq manbasi sifatida qamrab olinganligi tahlil qilinganda, viloyat bo‘yicha 751 228 ta turar-joy ob’yektidan 55 639 tasida turar-joy mulklari mavjud emasligi ko‘rsatilgan. Biroq ushbu holatning xaqqoniyligi mahallalarni jalb qilgan holda o‘rganilganda, 12 272 tasida (22 foiz) mulki mavjudligi, shuningdek, moliya bo‘limlari tomonidan joyiga chiqib tanlanma asosida o‘rganilganda, 906 tasida mulk ob’yektlari mavjudligi aniqlandi.
Bundan tashqari, 3275 holatda yuridik korxonalar tomonidan DSIlariga taqdim etilgan hisobotlar tahlil qilinganda, 480 holatda kadastr ma’lumoti bilan soliq to‘lovchilar o‘rtasida 481,1 gektar yer maydoni kam ko‘rsatilganligi, ya’ni ushbu yer maydoni DSI bazasiga kiritilmaganligi oqibatida 7,7 milliard so‘m soliq hisoblanmagan.