Kafolatlanmagan dori vositalari to‘xtatib qolindi

Yurtimizga qo‘shni davlatdan kirib kelish uchun harakatlangan “Chevrolet Lacetti” rusumli avtotransport vositasi Urgut tumanidagi “Jartepa” chegara bojxona postida bojxona xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirildi.
Jarayon davomida avtomashina yukxonasidan hech qanday hujjatlari mavjud bo‘lmagan hamda sifati kafolatlanmagan 2148 dona dori vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur dori vositalarining dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra qiymati 57 million so‘mni tashkil etdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.