Kam ta’minlangan oilalarning maktab o‘quvchilariga bepul qishki kiyim beriladi

Qonunchilikka ko‘ra kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan o‘quvchilar bepul qishki kiyim-bosh to‘plami bilan ta’minlanadi. Bu haqda huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Ushbu to‘plamga quyidagilar kiradi:

• Palto yoki kurtka

• Etik

• Telpak

• Qo‘lqop

Kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan o‘quvchilar maktab rahbari va ota-onalar qo‘mitasi tomonidan aniqlanadi.

O‘quvchilarga kiyim-bosh va poyabzallar sentyabr oyida berilishi kerak.