Kambag‘allik darajasi: Eng yuqorisi Qoraqalpog‘istonda - 19,7 foiz, bu borada Samarqand viloyati 7-o‘rinda - 14 foiz
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistonning kambag‘allik darajasi to‘g‘risidagi statistikani e’lon qildi.
Unga ko‘ra, mamlakatda bugungi kunda 1 million 307 ming 800 ta kambag‘al oila mavjud. Respublika bo‘yicha kambag‘allik darajasi 17 foiz (2022 yil)dan 14,1 foizga tushdi. Yil yakunida bu ko‘rsatkich 14,1 foizdan 12 foizga, ya’ni 1 million 307 ming 800 dan 1 million 180 ming oilaga qisqarishi kutilmoqda.
2023 yilning dekabr oyiga kelib, 130 mingga yaqin oila, ya’ni 1 million aholi kambag‘allikdan chiqarilishi kutilmoqda.
Yuqorida berilgan diagrammada hududlar kesimida kambag‘allik darajasini ko‘rish mumkin. Unda eng yuqori daraja Qoraqalpog‘istonda - 19,7 foiz, Samarqandda esa 14 foizni tashkil etgani aks ettirilgan.