Kamol Alikov Samarqandning eng yosh tadbirkori
Unda 70 ga yaqin tadbirkor va hunarmand o‘z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etdi.
Tanlov ishtirokchilarining faoliyati ularning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish salohiyati, iqtisodiy holati kabi mezonlar bo‘yicha hay’at a’zolari tomonidan xolisona baholanib, munosib nomzodlar g‘olib, deb e’lon qilindi. Shuningdek, qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Jumladan, «Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori» yo‘nalishi bo‘yicha "Sam Ferre" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Akmal Ahmedov, «Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori» yo‘nalishi bo‘yicha "DiliMah" Premium luxury" mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Musinbek Mahmudov, «Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori» yo‘nalishi bo‘yicha «Registon Kamoljon» xususiy korxonasi rahbari Kamol Alikov, «Yilning eng yaxshi hunarmandi» yo‘nalishi bo‘yicha yog‘och o‘ymakori Mansur Asadovlar g‘olib deb topildi.

- Korxonamiz 2017 yil o‘z faoliyatini boshlagan, - deydi Kamol Alikov. – Bugungi kunda yurtimiz dasturxoniga 12 turdagi non va qandolat mahsulotlari yetkazib beryapmiz. Oyiga 25 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqaryapmiz. Korxonamizda 15 nafar ishchi mehnat qilmoqda, muhimi, ularning 8 nafari o‘zim tengi yoshlar. Korxonamiz faoliyatini kengaytirib, qo‘shimcha tekstil korxonasi hamda buxgalteriya xizmati bo‘yicha ham ish olib bormoqchiman.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlarga maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Nasiba JONTO‘RAYeVA,
Baxtiyor MUSTANOV olgan suratlar.