Karantin paytida kommunal xizmatlar (ichimlik suv, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti) uchun to‘lovlarni amalga oshirishda imtiyozlar beriladimi?

Alipasha Ahmedov, Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining matbuot kotibi:

Ichimlik, oqova, issiq suv ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarga Karantin davrida to‘lovlar uchun jarimalar va penyalar joriy etilmaydi hamda qarzdor iste’molchilar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilmaydi, iste’molchilar suv va kanalizatsiya tarmoqlardan uzilmaydi.

Bundan tashqari, suv hisoblagichlarning davlat qiyoslov ko‘rigi muddati yaqinlashgan yoki muddati kelgan suv hisoblagichlari bo‘yicha hisob-kitoblar avvalgi o‘rtacha kunlik me’yorlar asosida amalga oshiriladi.