Kommunalga oid muammo bo‘lsa, ko‘chaga chiqmang, telefon qiling. Ishchi-xizmatchilarimiz uyingizga boradi
16 martdan boshlab yurtimizdagi barcha ta’lim muassasalarida ta’til e’lon qilindi. Tabiiyki, oiladagi bolalar, o‘quvchilar va talabalar uyda bo‘lishadi. Shunday bo‘lgach, elektr energiya, tabiiy gaz, suv iste’moli ham ortishi, shunga yarasha muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga oid muammongiz bo‘lsa, ko‘chaga chiqmang, tunu kun ishlaydigan boshqarmamiz telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib, bizga murojaat qiling! Qisqa fursatda ishchi-xizmatchilarimiz uyingizga borib, muammoni bartaraf qiladi.
Boshqarmada rahbar va ishchi-xodimlarning navbatchiligi tashkil qilindi. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari mutasaddilarining o‘z hududlarida bo‘lishi ta’minlanadi.
Kommunal sohaga oid muammolar bo‘yicha quyidagi telefonlarga murojaat qiling:
1055 qisqa raqam;
+998662339350;
+998662353580;
+998662339343.
Ushbu telefon raqamlari uzluksiz ishlaydi.
Har qanday holatda vahimaga tushmang. Avval hududingizga xizmat ko‘rsatayotgan shirkat rahbarlariga murojaat qiling. Ular sizga kerakli mutaxassislarni topib beradi. Shirkatlar kerakli texnika va ustalar bilan ta’minlangan.
Ko‘p kvartirali uy-joylardagi aholiga ta’til davrida qulay sharoitlarni, kommunal sohadagi xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatishni ta’minlaymiz.
Umumiy mulkdan foydalayotganda (bolalar maydonchasi, liftlar, zinapoyalarning panjaralari va hokazo) sanitariya-gigiyena talablariga rioya qiling.
Rustam SATTOROV,
Samarqand viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i.