Kommunal sohada 150 holatda iste’molchilar huquqlari buzilgan
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tabiiy monopoliya sub’yektlari tomonidan ishlab chiqilgan katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kommunal xizmat ko‘rsatish, energiya ta’minoti sohasida ommaviy shartnomalar o‘rganishni boshladi.
Bugungi kunga qadar qo‘mita tomonidan tabiiy monopoliya sub’yektlarining 250 dan ortiq shartnomalari o‘rganilgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, 150 holat (shundan 45 foiz gaz ta’minoti, 15 foiz elektr energiya ta’minoti, 15 foiz issiqlik energiyasi ta’minoti, 15 foiz suv ta’minoti va 10 foiz boshqa sohalarga tegishli) iste’molchilarning manfaatlariga va monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga zid ekanligi aniqlandi. Qo‘mita tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faol iste’molchilarni muammolarni aniqlashda bevosita ishtirok etishga taklif qiladi. Takliflar bilan (71) 207 47 00 raqamiga murojaat qilishingiz yoki info@antimon.gov.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.