Tashqi reklama qoidalariga rioya qilmaslik jarimaga sabab bo‘ladi

Boshqarmamiz tomonidan viloyatimiz hududida reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida doimiy o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

Aniqlangan qonunbuzarlik holatlari yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rib borilmoqda.

Xususan, o‘rganish davomida Samarqand shahar hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan

“Kiwi Gold Trade” MChJga qarashli KIWI nomli supermarket va “Aziz Amira Gold” MChJga qarashli "Islombek Zoloto" nomi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan zargarlik do‘koni tomonidan o‘zboshimchalik bilan tashqi reklamalar  o‘rnatganligi aniqlandi.

Ushbu tashqi reklamalarga o‘rnatish huquqi olinmagan hamda reklama tili talablariga rioya etilmagan.

Aniqlangan qonunbuzarlik holatlari hududiy boshqarma tomonidan belgilangan nizom doirasida ko‘rib chiqildi va qonunbuzilish holatini to‘xtatish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, hududiy boshqarmaning murojaatiga asosan Samarqand shahar iqtisodiy sudi tomonidan “Kiwi Gold Trade” MChJga qarashli KIWI nomli supermarket va “Aziz Amira Gold“ MChJga qarashli "Islombek Zoloto" nomli zargarlik do‘koniga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

Shukurullo Shamshiyev,

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi.