“Tanlov savdolarida mingdan ortiq kamchilik bor”

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jahongir Ashurov bu haqda ma’lum qildi.

- Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda 2766 ta tanlov savdolari o‘rganilib, 1101 tanlov savdolarida 1122 ta kamchilik aniqlandi. Shundan 44 holatda ishtirokchilar o‘rtasida afillanganlik bo‘yicha, 1071 holatda savdolar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibni buzish va 7 holatda buyurtmachi va ishtirokchi o‘rtasida afillanganlik holatlari aniqlandi.

O‘tgan yil va joriy yilning birinchi choragida boshqarmaga iste’molchilar tomonidan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, qurilish va transport, savdo va umumiy ovqatlanish, aloqa va ijtimoiy xizmatlar, reklama va boshqa sohalar oid 1796 ta murojaat tushgan. Murojaatlarning 1054 tasi qanoatlantirilgan va ular foydasiga 4 995 037 ming so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi, - deydi J.Ashurov.