Sana: 15 mart - Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni
🗓 AQShda XIX asrning 60-80 yillarida temir yo‘l kompaniyalari yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari narxlarini keskin oshirib yuborishlari oqibatida, ushbu xizmatlar iste’molchilarining noroziliklariga, ya’ni huquq va manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan harakatlar avj olib ketishiga sabab bo‘ldi. Buning natijasida temir yo‘l tariflari ustidan davlat o‘z nazoratni o‘rnatib, Senatda yangi maxsus organ —shtatlararo savdo bo‘yicha komissiyani tuzdi.
❗️ 1968 yilga kelib iste’molchilarning ko‘plab tarqoq umummilliy va mahalliy birlashmalari Vashingtonda AQSh iste’molchilar Federatsiyasiga birlashdi. Bora-bora konsyumeristik harakat davlatning siyosiy hayotiga yanada kuchli ta’sir o‘tkaza boshladi. XX asr 60-yillariga kelib, ushbu harakat AQShdan Yevropaning ko‘pgina davlatlariga tarqaldi. U biznesda ham, siyosatda ham muhim o‘rin egalladi.
✅ BMT ham ijtimoiy harakatga va uni butun dunyo bo‘ylab tarqalishiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Xususan, 15 mart BMT tomonidan “Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni” deb e’lon qilingan.