Karantin qoidalarini buzgan shaxslar 45,8 milliard so‘m miqdorida jarimaga tortildi
Karantin boshlangandan buyon, 27 aprel holatiga Davlat inspeksiyasi, IIV, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan niqob taqmagan va karantin rejimini buzgan, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilmagan 71 028 kishiga bayonnoma tuzildi va 45,8 milliard so‘m jarimaga tortilgan. Shundan 14,0 milliard so‘m undirilgan.
Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Kelib tushgan mablag‘ning 50 % davlat byudjetiga yo‘naltirildi, qolgan 50 % IIV byudjetiga tushgan.
Sanitariya qoidalari va normalari, shuningdek, gigiyena normalarini buzish to‘g‘risidagi bayonnomalar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi "Epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzish" asosida tuziladi.