Kasaba uyushmalari faqat sihatgohga yo‘llanma beruvchi idora emas

Akbar Qodirov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashgan kengashi raisi o‘rinbosari:

- Ko‘pchilik rahbarlar kasaba uyushmalarini sihatgohga yo‘llanma beruvchi idora deb o‘ylashadi. Aslida aslo bunday emas, bu ish idoramizning o‘nta ishidan bittasi.

Asosiy vazifamiz ma’muriyat va jamoa o‘rtasida jamoa shartnomasi tuzilishi va imzolanishiga, uning ijrosiga to‘la erishishdan iborat. Chunki jamoa shartnomasi xodimlar ijtimoiy, huquqiy himoyasi oldida tashkilot rahbari mas’uliyatini oshiradi.

Ming afsuski, jamoa shartnomasi ijrosi juda ko‘plab muammolarga yechim topishini ayrim rahbarlarimiz tushunib yetmayapti.