Kasaba uyushmasi nomi o‘zgardi

O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Urgut tuman kengashi va taftish komissiyasining qo‘shma majlisi o‘tkazildi.

Kengash raisi G‘.Jamolov bugungi kunda kasaba uyushmalari oldida turgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Qo‘shma majlisda kasaba uyushmasi Urgut tuman tashkiloti nomi “O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Urgut tuman bo‘linmasi” deb o‘zgartirildi. Bo‘linma saylanma organlari nomlanishi ham o‘zgartirildi va tarkiblari qayta ko‘rib chiqildi.