“Kasbim - kelajagim mening”

Kattaqo‘rg‘on shahridagi istirohat bog‘ida shunday nomlangan festival bo‘lib o‘tdi.
Unda shahardagi ta’lim muassasalari kasbiy to‘garaklar faoliyati aks etgan ko‘rgazmalarni namoyish etdi. Jumladan, 3-umumta’lim maktabi duradgorlik, payvandlash, kompyuter ustasi, sartaroshlik, etikdo‘zlik, tikuvchilik, to‘quvchilik, haykaltaroshlik kabi kasbiy to‘garaklarida o‘quvchilar tomonidan yasalgan mahsulotlar bilan qatnashdi. Muhimi, maktabdagi 7-11 sinfgacha bo‘lgan 600 dan ortiq o‘quvchi kasb-hunar sirlarini o‘rganmoqda.
Shuningdek, 2,14 va 11-IDUM, 5, 9, 20,16, 13 va boshqa maktablar, texnikumlarda ham qizlar va o‘g‘il bolalar uchun qiziqishlaridan kelib chiqib, turli kasbiy to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugun bitiruvchi sinf o‘quvchilarining darsdan tashqari turli hunarlarni o‘rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Festival doirasida faol ishtirok etgan, kasbiy qiziqishlari bo‘yicha qo‘l mehnati namunalari e’tirof etilgan o‘quvchi-yoshlar taqdirlandi.
Hilola Ergasheva.