Madaniyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov hamda viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov boshchiligida madaniyat va san’at sohasi vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshqarmaning markaziy apparati xodimlari hamda boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.

Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Botir Tugalov Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani e’lon qilinib, jamoaga tanishtirildi.

Botir Tugalov tayinlovga qadar Madaniyat vazirligi tizimidagi turli muassasalarda, jumladan, Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori hamda Samarqand viloyat musiqali drama teatri direktori lavozimlarida ishlagan.