Katta miqdordagi valyuta — 1,64 million AQSh dollari Qirg‘izistonga olib chiqilishi oldi olindi

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi «Damas» avtomashina tekshirilganda, unda 968 ming 900 AQSh dollari borligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu tumandagi yog‘och bozori hududida uni kutib turgan, muqaddam sudlangan jinoiy sherigi ham ushlanib, uning «Damas» avtomashinasida bo‘lgan 672 ming 206 AQSh dollari ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tib, yashayotgan ushbu jinoiy guruh yetakchisi, qirg‘izistonlik shaxs Toshkent shahrida hamda guruh a’zolari bo‘lmish 5 nafar Qirg‘iziston fuqarolari Andijon shahrida qo‘lga olindi.
Tadbir natijasida jami 1 mln. 641 ming 106 AQSh dollarining mamlakatimizdan chiqib ketilishi oldi olindi.