Kattaqo‘rg‘on tuman prokurori Oybek Xojayev vafot etdi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman prokurori Xojayev Oybek Otanazarovich vafot etdi. Bu haqda Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, marhumning janozasi 2 sentyabr kuni o‘zi tug‘ilib o‘sgan Xorazm viloyati Yangiariq tumanida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

O‘lim sababi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.