Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘on tumanida 340 million dollarlik sement zavodi quriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil 17 may kuni “Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 412-son qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy axborot kanali.

Qarorga binoan Kattaqo‘rg‘on tumanida 2019-2021 yillarda umumiy qiymati 340 mln AQSh dollarlik yillik 2,4 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan sement zavodi - “Hengyuan cement” qo‘shma korxonasi tashkil etiladi.

“Hengyuan cement” qo‘shma korxonasi 2020 yil 1 oktyabrga qadar

“Hengyuan cement” QK va uning subpudrat tashkilotlari tomonidan chetdan olib kelinadigan, shu jumladan, “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallar, mashina va mexanizmlar, maxsus transport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi uzellar, priborlar va instrumentlar, texnik va loyiha hujjatlari belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlarini (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan;

- import qilinadigan materiallar, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik jihozlar, priborlar, ehtiyot qismlar, instrumentlar - majburiy sertifikatlash tartibotidan ozod qilindi.