Kattaqo‘rg‘on va Payariq tumanida mahallalarning yangi binolari foydalanishga topshirildi

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Moybuloq mahallasi binosi ilgari sharoitga ega bo‘lmagan eski binoda faoliyat yuritib kelardi. Bugun mazkur mahallada barcha qulayliklarga ega yangi bino mahalla ahli uchun qurilib, foydalanishga topshirildi.

Binoda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika noziri uchun barcha qulayliklarga ega alohida xonalar ajratilgan.
Shuningdek, tumandagi “Qo‘shhovuz” mahallasining yangi binosi ham foydalanishga topshirildi. Yil yakuniga qadar tumandagi barcha mahallalar yangi binoda faoliyat yuritadi.
Shu kuni Payariq tumanidagi olis hudud hisoblangan "G‘allakor" mahalla fuqarolar yig‘ini binosi ham foydalanishga topshirildi.

Tadbirlarda viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov, sektor rahbarlari, tashkilot  mas’ullari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.