Kattaqo‘rg‘onda dam olish kunlari ishlagan xodimlarga 91 million so‘mdan ko‘proq ish haqi undirib berildi
Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbarining ishchi-xizmatchi xodimlar va haydovchi-mexanizatorlarni ishlab chiqarish zaruriyati sababli haftaning shanba va yakshanba kunlari ishga jalb etish to‘risida 2020 yil 1 aprelda 11-son buyrug‘i qabul qilingan. Buyruqning 2-bandida amaldagi tartibdan kelib chiqib, dam olish kunlarida ishlagan xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash belgilangan.
Mehnat kodeksining 157-moddasida ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishiladi, deb belgilangan.
O‘rganishlar yakuni bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining 74 nafar ishchi-xodimlariga 91 million 968 ming 691 so‘m ish haqqi to‘landi.
O‘tkir HAKIMOV,
Kattaqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi boshlig‘i, 1-darajali yurist.