Kattaqo‘rg‘onda Milliy gvardiya institutiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.N. firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirishni ko‘zlab fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya harbiy texnika institutiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 8 000 AQSh dollari talab qilib, shundan, 1 500 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan B.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.