Kavagida maktab joylashgan daraxt...

Sayrob chinori Surxondaryo viloyati Boysun tumanining Sayrob qishlog‘ida joylashgan tabiat yodgorligi hisoblanadi.

Yoshi taxminan 950 yil bo‘lgan bu ulkan chinor uzoq yillar aholiga turli maqsadlarda xizmat qilgan. Xususan, 1920 yilgacha uning kavagidan maktab sifatida foydalanishgan. Keyin u qishloq kengashi uchun idora bo‘lgan. 1936 yilda esa qishloq savdo do‘koniga aylangan. 

Hozir uning yonida u kabi yoshi 700-800 yil bo‘lgan yana bir nechta chinor saqlanib qolgan. E’tiborlisi, ular bugungi kunda ham qishloqqa sayyohlarni jalb qilib, aholini daromad bilan ta’minlashda davom etmoqda.

***

P/S: Boysundagi bu daraxtni ko‘rarkanmiz, o‘zimizning Urgutdagi, aynan kavagida maktab bo‘lgan ming yillik chinor yodga tushdi. Aftidan, bunday daraxtlar yurtimizda kam bo‘lmagan, saqlanib qolganlaridan esa bilganlarimiz shular...