Kengash ijro hokimiyatini nazorat qilishi kerak emasmi?
Xalq deputatlari viloyat Kengashining joriy yil 5 fevraldagi qarorida deputatlarni OAVda chiqish jadvali tasdqilangan. Biroq bugungi kungacha bir qancha deputatlar qarorda belgilangan muddatda matbuotga ma’lumot taqdim qilmagan.
Deputatlar bilan bog‘langanimizda saylov okrugida o‘tkazgan uchrashuvlari va yuborgan deputatlik so‘rovlari borligini, biroq okrug hududida dasturlar doirasida qanday vazifalar belgilangani to‘g‘risida mahalliy hokimliklardan ma’lumot ololmayotganligini bildirmoqda.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: xalq deputatlari viloyat Kengashining kotibiyati ishni nimadan boshladi? Axir deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ularga zarur tashkiliy-texnik yordam berish kotibiyatning asosiy vazifasi emasmi?
Shu paytgacha maqolasi e’lon qilingan deputatlar so‘rovlariga javob qaytarilmayotgani yoki mutasaddilar hech qanday ma’nisi yo‘q ikki enlik javob berayotganini qayd etmoqda. Savol ustiga savol, xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, deputatlarga katta ishonch bildirayotgan, ularning takliflarini qo‘llab-quvvatlayotgan bir paytda bu masalaga nega Kengash kotibiyati jiddiy kirishmayapti?
Umuman, bugun deputatlik nazorati yetarlicha yo‘lga qo‘yilmayotgani haqida qachon o‘ylab ko‘riladi? Faoliyat boshlaganiga sakkiz oydan oshgan xalq noiblari hali biror masalani mustaqil o‘rganib, sessiyada muhokama qilgan emas. Kengashning asosiy funksiyasi ijro hokimiyati faoliyatini nazorat qilishdan iborat emasmidi?
Quyida 5 fevralda sessiya qarori bilan belgilangan muddat o‘tib ketgan bo‘lishiga qaramasdan, matbuotda chiqish qilmagan deputatlar ro‘yxati keltirilgan: